Ayni vaqtda Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Yangi O'zbekiston talabalari" shiori ostida boʻlib o'tayotgan haftalik doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik-tanlovi boʻlib oʻtmoqda. Unda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari, Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, "Sambhram" universiteti talabalaridan tashkil topgan QVZ jamoalari ishtirok etmoqdalar. Barcha jamoalarga omad tilaymiz!