Jizzax politexnika institutida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, bitiruvchilar o‘rtasida seleksiya ishlarini olib borish maqsadida “Karera kuni” hamda 22-dekabr – “Energetika tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan “Energetika va radioelektronika” fakulteti “Energetika” kafedrasi tomonidan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ texnik direktori A.Abduvaliyev, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tezkor dispetcherlik xizmati boshligʼi B.Berdimurodov, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ texnik direktori o'rinbosari P.O'narov, “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani U.Yarlakabov, “Energetika” kafedrasi mudiri M.Anarboyev, soha mutaxasisslari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so'zga chiqqanlar barchani 22-dekabr – “Energetika tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilalariga fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Shuningdek, so'zga chiqqanlar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish, isteʼmolchilarga yetkazishgacha boʻlgan toʻliq jarayon, sohadagi muammolar, istiqbolli rejalar, muammolarning yechimlari yuzasidan ma'lumot berildi. Tadbir davomida tashrif buyurgan soha mutaxasisslariga, professor-o'qituvchilarga hamda iqtidorli talabalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari, kitoblar va faxriy yorliqlar topshirildi. Shuni alohida qayd etish kerakki, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ rahbariyati tomonidan fakultetning iqtidorli talabalariga televizor va boshqa qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Tadbirda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxasisslaridan javob oldilar.