AUTEX 1994-yilda tashkil etilgan butun dunyo boʻylab toʻqimachilik universitetlari tarmogʻidir. Hozirda Assotsiatsiya 28 mamlakatdan 38 a'zoga ega. Kotibiyati Gent universitetining Materiallar, to'qimachilik va kimyo muhandisligi fakultetida joylashgan. AUTEX missiyasi toʻqimachilik taʼlimi va tadqiqot sohasida oʻz aʼzolari oʻrtasida yuqori darajadagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi aʼzo universitetlarning faoliyati va yutuqlarini Yevropa va jahon miqyosida targʻib qilish hisoblanadi. Shuningdek, a'zo universitetlar o'rtasida yuqori darajadagi o'qitiladigan kurslar va o'quv materiallarini ishlab chiqish va yetkazib berish bo'yicha hamkorlikni rag'batlantirish. Talabalar va xodimlarning harakatchanligini va a'zo universitetlar va taklif etilgan hamkorlar o'rtasida aloqa o'rnatishni rag'batlantirish. A'zo universitetlar va taklif etilgan hamkorlar o'rtasida faol tadqiqot hamkorlikni rivojlantirish. To‘qimachilik sohasi mutaxassislari va talabalari o‘rtasida dolzarb masalalarni tarqatish maqsadida har yili simpoziumlar tashkil etish. Barchani ushbu hamkorlik bilan tabriklaymiz!