•  Ijtimoiy tarmoqda “Jizzax politexnika institutida gazeta-jurnallarga majburiy obuna boshlangi aytilmoqda” sarlavhali xabar eʼlon qilindi.
  • Jizzax politexnika instituti ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
  • Ayni paytda institut ma’muriyati tomonidan holat toʻliq nazoratga olingan va batafsil o‘rganilmoqda.
  • Qayd etish kerakki, institut ma’muriyati tomonidan talabalarni gazetalarga obuna boʻlishga majburlash boʻyicha hech qanday koʻrsatma berilmagan boʻlib, gazetalarga obuna boʻlish ixtiyoriy hisoblanadi.
  • Talabalardan bu kabi holatlarda avvalo fakultet dekaniga yoki institut maʼmuriyatiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.