Hello

INSHOLAR TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

Oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida Navroʻz bayramining tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan insholar tanlovini oʻtkazish belgilangan.

Insholar tanlovi shartlari va baholash mezonlari:

Tanlov uchun o‘quvchi va talabalarga quyidagi mavzular erkin tanlov sifatida taqdim etilgan:
1. “Navroʻz bayrami tarixi”;
2. “Navroʻz taomlari tavsifi”;
3. “Har kuning oʻlsin Navroʻz”

Tanlov gʻoliblari quyidagi 3 yoʻnalishda aniqlanadi:
1. “Navroʻz bayrami tarixi” mavzusida yozilgan eng yaxshi insho;
2. “Navroʻz taomlari tavsifi” mavzusida yozilgan eng yaxshi insho;
3. “Har kuning oʻlsin Navroʻz” mavzusida yozilgan eng yaxshi insho.

Gʻoliblar tantanali ravishda taqdirlanadi va ularning ijodiy ishlari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar quyidagi mezonlarda baholanadi:
-mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
-ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
-mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
-mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
-mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;

Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 50 ball).

Insholar talabalar tomonidan qo‘lyozma shaklda bayon etiladi hamda 2022-yil 19-martgacha Xamdamova Xanifaxon Shukurillaevnaga (institut asosiy binosi 416-xona) topshiriladi.