Bugun, 7-yanvar kuni Jizzax shahridagi “Mustaqillik maydoni”da O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30-yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya - bir tanu bir jondir!” shiori ostidagi “Harbiy vatanparvarlik festivali” boʻlib oʼtdi. Festival doirasida harbiy jangovar texnikalar, qurol aslahalar ko‘rgazmasi hamda yoshlar o‘rtasida “Yugurish marafoni”, “Milliy kurash”, “Velomarafon”, “Qo‘l jangi”, “Kamondan o‘q otish”, “Shaxmat-shashka”, “Mening armiyam mening faxrim” shiori ostida “Rasm chizish”, “Kubik-rubik”, “Vatanparvarlik qo‘shiqlarni ijro etish” bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi. Festivalda Jizzax politexnika instituti professor-o'qituvchilari, talabalari va xodimlari faol ishtirok etdi. Jumladan, "Shaxmat" bo‘yicha musobaqada institut talabalari faxrli 1, 2 va 3-o‘rinlarni egalladilar(1-o‘rin – Servis fakulteti 511-19 guruhi talabasi Avizov Jamshidjon, 2-o‘rin – Energetika va radioelektronika fakulteti 431-20 guruhi talabasi Abdurashidov Boburjon, 3-o‘rin –Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 821-19 guruhi talabasi O‘razmatov Eldorjon). Shuningdek, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 823-18 guruh talabasi Istamov Yusuf “Vatanparvarlik qo‘shiqlarni ijro etish” bo‘yicha tanlovda 2-o‘rin sohibi boʻldi. Gʻoliblar diplom va qimatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.