Bugun Transport fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari hamkorligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening armiyam-mening faxrim” mavzusida (ZOOM dasturi orqali) tadbir boʼlib oʼtdi. Dastlab tadbirni Jizzax politexnika instituti Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Xolbekova ochib berib, 14-yanvar Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanish bayram sanasi, Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqligi xususida ham atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng fakultet iqtidorli talabalariga navbat berildi. Jumladan, 122-19 AY va A guruhi talabalari Irisqulova Kamola, Yusupov Ibrat, 113-20 YM guruh talabasi Xolnazarov Oybek, 120-21 YM guruh talabasi Olyenikova Snejana ijrosidagi she'rlar va 113-21 YM guruh talabasi Hasanov Suxrob ijrosida qoʻshiq, 115-20 YM talabasi Babajanova Ro'zigul ijrosidagi tabrik soʼzi bilan tadbir oʻz yakuniga yetdi.