Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-92-son qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-yanvardagi 30-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash va "Besh muhim tashabbus" doirasida yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, shu bilan birga Oʼzbekistonda ayollar sportini tubdan takomillashtirish, sport bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarimiz sonini tobora oshirish, endilikda ularning nafaqat respublika, qolaversa, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham ishtirok etishlarini taʼminlash va bu kabi ko‘plab sport turlarini yaxshilash bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish besh ustuvor tashabbusda ham belgilab qoʻyilgan. Zero, ayolning sog‘ligi – bu buyuk yurtning ertangi kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan bugun, Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti tashabbusi va Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti hamkorligida sportning “VOLEYBOL” turi boʻyicha talaba-qizlar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi. Judaham qiziqarli va murosasiz kechgan musobaqada talaba-qizlarimiz institutimiz shaʼni uchun bahs olib bordilar va oʼyin yakunida Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi qizlari 1-o'rinni qoʼlga kiritdilar. Musobaqa soʻngida g'oliblarga ma'muriyatning maxsus diplomlari tantanali ravishda topshirildi.