Jizzax politexnika institutining @JizPI_online telegram kanalida 2022-yil 22-iyul kuni soat 11:00 da mas'ullar ishtirokida "Joriy o‘quv yili uchun bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha" ovozli chat boʻlib oʻtdi.

Ovozli chatda institutning Qabul komissiyasi masʼul kotibi Azzam Berdiqulov, Magistratura boʻlimi boshligʻi Jahongir Ibragimov, Axborot xizmati rahbari Jahongir Tulakov, shuningdek, talaba-yoshla va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Ovozli chatning birinchi qismida masʼullar tomonidan mavzu boʻyicha zarur maʼlumotlar berildi.

Ovozli chatning ikkinchi qismida esa talabalar hamda ota-onalar tomonidan yoʼllangan savollar bilan J.Tulakov masʼullarga yuzlandi. Ushbu savollar yuzasidan masʼullar batafsil javob berdilar.

Ovozli chat davomida ishtirokchilarga ham soʼz berildi. Ishtirokchilar oʼzlari bergan savollariga yetarli darajada javob oldilar.

Yakunda bu kabi ovozli chatlar institut Matbuot xizmati tomonidan avvalgi yillarda ham tashkil etilganligi hamda yana davom ettirilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, kerakli maʼlumotlar vazirlikning telegramdagi t.me/eduuz rasmiy kanalida, rasmiy veb sayti (edu.uz) da, institutning telegramdagi t.me/JizPI_online rasmiy kanalida, rasmiy veb sayti (jizpiuz) da berib borilayotgani taʼkidlandi.

Yanayam qulaylik yaratish maqsadida boʼlib oʻtgan ovozli chatning yozib olingan audiosi institutning telegramdagi rasmiy kanalida eʼlon qilindi.

👉 https://t.me/JizPI_online/17447