Jizzax politexnika instituti Transport fakultetida AQSHning Shimoliy Dakota Davlat universiteti professori S.Eshkabilov tomonidan doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar uchun "Road Quality control and Maintenance Assesment tools" va "Application of Machine Learning Algoritms" mavzulari bo'yicha ma'ruza tashkil etildi. Ma'ruzada institutning 30 dan ortiq yosh tadqiqotchilari qatnashib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Yakunda professor S.Eshkabilov bilan kelgusida hamkorlikda yangi xalqaro loyihalar ustida ishlash bo'yicha kelishib olindi.