O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev, Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari Suyarjon Qurbankulov hamda Alisher Usmankulov Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi 139-referendum uchastkasida boʻldilar. Tashrif davomida Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev referendum ishtirokchilariga oʻz maslahatlarini berdilar. Shuningdek, Z.Nizomxodjayev oʻz nutqida referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolari hamda referendum ishtirokchilarining bilimi va koʻnikmasi yuqori darajada boʻlishi zarur ekanligini taʼkidladi. Undan keyin, Sharof Rashidov tumanidagi 159-referendum uchastkasiga va Paxtakor tumanidagi 359-referendum uchastkasiga tashrif buyurdilar.