Jizzax politexnika institutida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Institutda mazkur ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 25-yanvardagi 3-q/q, Fanlar akademiyasining 2021-yil 25-yanvardagi 1/2, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-yil 25-yanvardagi 1/1- q/q, Respublika Oliy ta’lim kengashining 2021-yil 25-yanvardagi 2-q/q qarorlari bilan tasdiqlangan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida besh nominatsiyada tashkil etilishi belgilandi. Belgilangan har bir nominatsiya bo‘yicha ko‘rik-tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalarning ariza-anketalari va hujjatlari to‘plami qabul qilib olindi. Keng tarmoqli ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovi mazkur Nizom asosida institutda quyidagi nominatsiyalarda joriy yilning may-iyun oylari davomida tashkil etildi:

“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi;
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi guruh murabbiyi, tyutor” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi;
“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi.

Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan  nominatsiyalar bo‘yicha pedagog xodimlar va talabalarning taqdim etilgan ishlari 1-shart “Baholash mezoni” va 2-shart “Baholash mezoni” asosida tahlil qilinib,  tegishli xulosaga kelindi:

birinchidan, ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan pedagog xodimlar va talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamlari va baholash mezonlari natijalarining barchasida nomzodlarning yutuqlari, bilim-salohiyati yetarlicha ochib berilgan;

ikkinchidan, pedagog xodimlar va talaba-yoshlarning yo‘nalishlar bo‘yicha erishgan yutuqlari, fikrlari, talqinlari va yondashuvlari bayoni mavjud;

uchinchidan, tanlovning tashkil etilishi bo‘yicha Hakamlar hay’ati faoliyatiga hech qanday e’tirozlar bo‘lmadi.

 Tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, quyidagi pedagog xodimlar va talabalarning ishlari sovrinli o‘rinlarga munosib deb topildi.

“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:

I o‘rin - Xidirov Xoshim, Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti;
II o‘rin - Turatov Shuhrat, Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti;
III o‘rin - Yodgorov Zoirjon, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi bo‘yicha:

I o‘rin - Ijtimoiy fanlar kafedrasi.

“Eng yaxshi guruh murabbiyi (tyutor)” nominatsiyasi bo‘yicha:

  I o‘rin - Norqulov Saydulla, Servis fakulteti tyutori;
II o‘rin - Meyliyev Bobir, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti tyutori.

“Eng yaxshi xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi bo‘yicha:

 I o‘rin - Fayzullayeva Klara, Transport fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi.

“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:

 I o‘rin - Tolliboyev Ilyos Ilxom o‘g‘li, Arxitektura va qurilish fakulteti, II bosqich, 212-20 MKQ giruhi talabasi;
II o‘rin - Qurbonov Jahongir Komiljon o‘g‘li, Arxitektura va qurilish fakulteti, II bosqich, 204-20 B va IQ giruhi talabasi;
III o‘rin - Tojiboyeva Nozima Yorqin qizi, Qurilish MM fakulteti, II bosqich, 801-20 QMB va KICH guruhi talabasi;
III o‘rin - Majidov Omadbek Ergash o‘g‘li, Energetika va RE fakulteti, III bosqich, 401-19 EE guruhi talabasi.