Tadbirni kafedra mudiri dots. P.Qulmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir qatnashuvchilarini tabrikladi va so‘zi davomida, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangani, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi haqida gapirdi. So‘ng kafedra assistenti D.Tursunova, Transport fakulteti 122-19 guruh talabasi Irisqulova Kamola, Arxitektura va qurilish fakulteti 212-20 guruh talabasi Tolliboyev Ilyos, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Rashidovalar so‘zga chiqdilar. Tadbir ishtirokchilarning she’riy chiqishlari bilan davom etdi va qizg‘in tarzda yakunlandi.