Joriy yilning 29-iyun kuni soat 14:00 da Servis fakultetida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan - "Yoshlar – kelajak bunyodkori" shiori ostida talabalar bilan videochat orqali onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax shahar Yoshlar Ittifoqi Xodimlar bo’limi boshlig’i Bobur Sherqulov, Ravalliq MFY Yoshlar yetakchisi Sarvar Bobomurodov, fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Sh.Shermatov, fakultet tyutorlari va iqtidorli talabalar hamda Ravalliq MFYdagi uyushmagan yoshlar o‘zlarining tabrik so‘zlari va sheʼrlari bilan ishtirok etdilar.

Dastlab tadbirni ochib berish uchun soʻz B.Sherqulovga berildi. U oʼz soʼzida yashlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib yoshlarni bayram bilan tabrikladi. Shundan soʻng, S.Bobomurodov va talaba-yoshlar ham o’zlarini oʼz tabrik va sheʼrlari bilan ishtirokchilarga iliq kayfiyat ulashdilar. Shuningdek, tadbirda fakultet tyutori S.Norqulov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etib, oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

Fakultetning sportchi talabalari 511-20- guruh talabasi Mamatqulova Muqaddas o'z muvaffaqiyati haqida (sportning suzish yoʻnalishi bo’yicha O’zbekiston chempioni) va Tailandning Pattayya shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Servis fakulteti 543-20 guruh talabasi Eshmirzayeva Muhlisa 1:05 9,12 natija bilan 1-o'rinni naqd qilib, oltin medalni qo'lga kiritganligi va oʼsha paytda oʻzi nimani his qilganlari haqida tengdoshlariga o’rtoqlashdi. Shundan so’ng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Badiiy qism fakultet talaba-yoshlarining she’r, qo’shiq va tabrik so’zlari bilan davom etdi. Talaba-yoshlar tomonidan qilingan chiqishlar bir-biridan qiziq va mazmunli bo’lganligi tadbir qatnashchilari tomonidan ham ta’kidlab o’tildi.