Xabar berganimizdek, Jizzax politexnika institutida "Yoshlar kuni"ga bag'ishlab ko'plab onlayn tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, bugun 28-iyun soat 10:00 da Qurilish materiallari muhandisligi fakultetida ham Yoshlar kuniga bag‘ishlangan - "Yoshlar – kelajak bunyodkori" shiori ostida talabalar bilan videochat orqali onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dekan muovini R. Bobojonov, fakultet tyutorlari va iqtidorli talabalar o‘zlarining tabrik so‘zlari va badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdi.

Tadbirda fakultet tyutorlaridan Suyunov Urozboy va Meyliyev Bobirlar o'z ma'ruzalari bilan faol ishtirok etib, 2021/2022-o'quv yilidagi o'tkazilgan barcha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning samaradorligi haqida va Besh muhim tashabbus doirasida fakultetda o'tkazilgan tadbirlarning samaradorligi haqida fikr mulohazalarini bildirdi.

Fakultet sportchi talabasi 810-21 QMB VA KICh guruhi talabasi Ilxomov Orzimurod o'zi muvaffaqiyat qozongan sportning universal jang bo'yicha Respublika chempionligini qo'lga kiritib, jahon chempionligi uchun kurash imtiyozini qo'lga kiritganligi haqida talaba o'rtoqlariga gapirib berdi. 812-20 guruhi talabasi Jonimova Zarina hamda ko'plab fakultet iqtidorli talabalari o'z she'rlari bilan ishtirok etdi. Tadbir qiziqarli tarzda o'tkazilib, barcha talabalarga maqul keldi.