Xabar berganimizdek, Jizzax politexnika institutida "Yoshlar kuni"ga bag'ishlab ko'plab onlayn tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, bugun institutning Transport fakulteti tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Yoshlar kelajagimiz poydevori" mavzusida ZOOM platformasida onlayn tadbir o'tkazildi. Tadbirda fakultet dekani S.Djiyanbayev, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari G.Soatova, fakultet tyutorlari so'zga chiqib talaba-yoshlarni ushbu kun bilan tabriklashdi. Tadbirda shu bilan birga fakultet iqtidorli talabalari o'zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu tadbir talaba-yoshlarda katta taasurot qoldirdi.