Bugun Toshkentda Jizzax politexnika instituti talabasi tantanali taqdirlandi (https://t.me/JizPI_online/17068?single). O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlovlarning respublika bosqichida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi plakat” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari qatorida (https://t.me/JizPI_online/17028): Institutimizning Servis fakulteti 1-bosqich talabasi Uzoqova Xonzoda Komil qizi uchinchi o'rinni (1,5 mln so‘m)qo'lga kiritdi.