Yig'ilishda 2022/2023-o‘quv yili qabul jarayonlarida xodimlarning o'z faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'ymasliklari va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida mas'ullar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 22-iyun kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulovning shu mavzuga bag‘ishlangan ko‘rsatma va topshiriqlari qabul komissiyasi a’zolariga yetkazildi. Barcha komissiya a’zolari va Call-center xizmatiga biriktirilgan xodimlar korrupsiyaviy harakatlarga aralashmaslik masalasida qattiq ogohlantirildi.  Institutga o‘qishga joylashtirishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan ota-onalardan pul talab qilish holatlari yuzasidan xabardor bo‘lib qolishsa institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga zudlik bilan xaba berishlari lozimligi haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig'ilishda korrupsiyaning illati, uni oldini olish maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlar, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi alohida e’tirof etildi.