Jizzax politexnika instituti, Jizzax viloyat NNT tashkiloti, viloyat IIB va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan “Ayollarga nisbatan zo'rlik va tazyiqlarning oldini olishda qanday ishlar amalga oshirildi?” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida viloyat IIB va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sayyora Xolmirzayeva, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi yuristi Umid Begmatov, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Burajab Tursunova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshligʻi Mavluda Xolbekova, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan “Jamoada xotin-qizlar haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish”, “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘rovonliklarning psixologik profilaktikasi” mavzularida ma'ruza qilindi. Tadbir yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. 👉 https://t.me/JizPI_online/17873