Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-avgustdagi 281-sonli “Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida yangi — 2022-2023-o’quv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qo’llab-quvatlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” qarori ijrosi yuzasidan Qurilish materiallari muhandisligi fakultetiga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga o’tkazilayotgan tanishtiruv darslari doirasida talabalar uchun O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi ta’lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bosh mutaxassisi A. Rabbimov, Web dasturlash bo’yicha menejer I. Norboyev, O’zbekiston volontyorlar assotsatsiyasi volontyori hamda Jizzax volontyorlar maktabi treneri B. Yakubovlar so'zga chiqdilar. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad agentlik faoliyati haqida hamda agentlik tomonidan yoshlarga berilgan imkoniyatlar haqida to’liq ma’lumot berish hisoblanadi. Qizg’in suhbat jarayonida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan talaba-yoshlarga estalik sovg’alari topshirildi. 👉 https://t.me/JizPI_online/17844?single