Bugun Energetika va radioelektronika fakultetining kafedralari hamkorligida sohaning yetuk mutaxassislari va talabalar uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda Jizzax Telekom rahbari I. Fayzullayev, Jizzax davlat pedagogika universitetining yetakchi olimlari T. Eshonqulov, A. Abdukarimov, fakultet dekani U. Yarlakabov, kafedra mudirlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yetakchi mutaxassislarning maʼruzalari tinglandi. Yakunda talaba-yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar. 👉 https://t.me/JizPI_online/17822