Jizzax politexnika instituti Transport fakultetining Transport vositalari muhandisligi yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan sohaning yetuk mutaxassislari, Jizzax viloyati IIB YXHB matbuot kotibi Ochilov Erkin To‘lqinovich, Jizzax viloyati transport boshqarmasi inspektori Qo‘shboqov Ilhom Sattorovich, 2517-Avtojamlanma raisi Xamraqulov Xayot Xamraqulovich ishtirokida institut binosida oʻquv yili boshlanishi arafasida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda mamlakatimizda transportning ahamiyati, bu borada olib borilayotgan islohotlar, qabul qilingan Qaror va Farmonlar, sohaning kelajagi to‘g‘risida ma'lumot berildi. Talabalar ham oʻzlari qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma'lumot olishdi. 👉 https://t.me/JizPI_online/17805