...

24 Sen

Jizzax politexnika institutida “Hayvonot olamiga mehr-shavqatli bo‘laylik” mavzusida institut talaba-yoshlari o‘rtasida Eng yaxshi plakat tanlovi bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda fuqarolarimiz tomonidan hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish jarayonida qo‘pol ravishda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Achinarlisi, bu boradagi ko‘rsatkichlar yildan-yilga oshib bormoqda. Birgina misol, elektr tarmoq, zaharli kimyoviy vositalar yoki portlatish orqali tabiiy suv havzalarida baliq ovlash maqsadida suvda yashovchi baliqlar, baqalar, bo‘g‘imoyoqlilar, malyuskalar va jamiki bir hujayrali jonzotlarning qirilib ketishiga olib keladi. Hattoki, qoramollarning nobud bo‘lishi kabi hodisalarni barchamiz eshitganmiz. Bunda brokonyerlar nafaqat hayvonot olamini, balki insonlar hayotini ham xavfga qo‘yib kelmoqda.

Yana bir achinarli holat shuki, keyingi vaqtlarda uy hayvonlariga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish (sop, tayoq, armatura bilan urish, tiriklayin yoqib yuborish, tana a’zolarini ajratish) kabi salbiy holatlarning o‘sib borayotgani, ayniqsa, bunday xatti-harakatlar bolalar ko‘z o‘ngida amalga oshirilishi ularning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Inson qachon shafqatsiz bo‘ladi. Oilada, yon-atrofida ana shunday beshafqatlikning guvohi bo‘lib voyaga yetganida. Mana shunday noxush harakatlardan tiyilish, talaba-yoshlar qalbida hayvonot olamiga mehr o‘yg‘otish maqsadida Jizzax politexnika institutida 2022-yil 24-sentyabr kuni “Hayvonot olamiga mehr-shavqatli bo‘laylik” mavzusida institut talaba-yoshlari o‘rtasida Eng yaxshi plakat tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda institutning 70 nafarga yaqin talabalari ko‘ngilli ishtirok etdi. Ular o‘zlari chizgan tasvirlarida hayvonot olamiga mehrli bo‘lish tuyg‘usini sur’atlar orqali ifoda etishdi. Ushbu talovda 1-o‘rinni institutning Servis fakulteti 2-kurs 512-21- guruhi talabasi Uzoqova Xonzoda, 2-o‘rinni Arxitektura va qurilish fakulteti 231-19 guruhi talabasi Turdiqulov Xasan, 3-o‘rinni QMM fakulteti 821-20 guruhi talabasi Allayorov Azamat va Servis fakulteti 531-20 guruhi talabasi Islomov Davronlar qo’lga kiritdilar.