...

23 Sen

Jizzax politexnika institutida “Yosh havaskorlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika institutining ikkinchi binosi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun tashkil etish, ular o‘rtasida badiiy havaskorlikni rivojlantirish, yurt obodligi va farovonligini, istiqlolimizga shukronalik tuyg‘ularini madh etuvchi iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga muhabbatni shakllantirish, havaskor san’atkorlarning ijodini keng targ‘ib etish madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish hamda qo‘llab-quvvatlash, maqsadida institut fakultetlari kesimida “Yosh havaskorlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda “Eng yaxshi ifodali o‘qish”, “Eng yaxshi an’anaviy ijrochi”  Eng yaxshi estrada ijrochi” “Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi” “Eng yaxshi raqs ijrochisi”  kabi yo‘nalishlarda taqdim etilgan sara ijod namunalari Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlariga ko‘ra baholandi.

“Eng yaxshi ifodali o‘qish” yo‘nalishi bo‘yicha:

1- o‘rin “Servis” fakulteti  543-20- guruhi talabasi Maxamatov Shaxzod Shokirjon o‘g‘li;

2-o‘rin “Transport” fakulteti 113-20 guruhi talabasi Xolnazarov Oybek Baxriddin o‘g‘li;

3-o‘rin “Energetika va radioelektronika” fakulteti 451-20-guruhi talabasi Akramova Madina Akmal qizi.

“Eng yaxshi an’anaviy ijrochi” yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin “Energetika va radioelektronika” fakulteti 451-20- guruhi talabasi Suvonov Nomoz Shodibekovich;

2-o‘rin “Energetika va radioelektronika” fakulteti 451-20- guruhi talabasi

Qilichev Sardor Lutfulla o‘g‘li;

3-o‘rin “Servis” fakulteti  542-21- guruhi talabasi Murodov Karim Furqat o‘g‘li.

“Eng yaxshi estrada ijrochisi” yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin Sevis fakulteti  502-19- guruhi talabasi Bo‘toboyeva Noila Shavkat qizi;

2-o‘rin Transport fakulteti 111-20 guruhi talabasi Omonov Jovohir Sodiq o‘g‘li;

3-o‘rin “Kimyoviy texnologiya” fakulteti 721-22- guruhi talabasi Xolto‘rayev Doston.

“Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi” yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin “Transport” fakulteti 121-22 – guruhi talabasi Raximov Doniyor Azamat o‘g‘li;

2- o‘rin “QMM” fakulteti  802-22- guruhi talabasi Mustafaqulov Diyorbek Muhiddin o‘g‘li;

3-o‘rin Transport fakulteti 120-20 –guruhi talabasi Xojiyev Umidjon Xudoyberdiyevich.

“Eng yaxshi raqs ijrochisi”  yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin QMM fakulteti  812-21 guruhi talabasi Narzullayeva Komila Akrajon qizi;

2- o‘rin Arxitektura va qurilish fakulteti 212-21- talabasi Bahramova Bonu Tolmas qizi;

3-o‘rin Arxitektura va qurilish fakulteti 211-21-guruh  talabasi Normamatova Shohista Xasan qizi g‘olib deb topildi.