...

21 Sen

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, yig‘ilishning belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tishini nazorat qilish maqsadida 3 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish hay’ati shakllantirildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax shahar Kengashi raisi O.Sharipov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Arxitektura va qurilish fakulteti 2-bosqich 211-20 guruh talabasi I.Quvvatovlar saylandi.

Shuningdek, 3 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish kotibiyati shakllantirildi hamda uning tarkibiga institut talabalari Energetika va radioelektronika fakulteti 1-bosqich 412-22 guruhi talabasi U. Xayitboyev, Sanoat texnologiyalari fakulteti 3-bosqich 331-20 guruhi talabasi Z. Majidxonova, Transport fakulteti 2-bosqich 111-21 guruhi talabasi J.Omonovlar saylandi.

Yig‘ilish hisob guruhi 3 kishidan iborat tarkibda shakllantirildi va uning tarkibiga Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 3-bosqich 703-20 guruhi talabasi B.Isoqov, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 2-bosqich 812-21 guruhi talabasi A.Asqarov, Servis fakulteti 4-bosqich 521-19 guruhi I. Yunusovlar saylandi.

Institutda boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax politexnika instituti boshlang‘ich tashkilot sobiq yetakchisi B. Meliyevning hisoboti eshitildi.

 B. Meliyev o’z ma’ruzasida, boshlang‘ich tashkilot tomonidan o‘tgan o‘quv yilida ko‘plab talaba-yoshlar va ota-onalarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq masalalardagi murojaatlari o‘rganib chiqilib, ijobiy hal etilishida ko‘maklashilgani aytib o‘tildi.

 Hisobot yuzasidan muzokarada S.Eshbekova so‘zga chiqdi.

 S.Eshbekova boshlang‘ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, jumladan, yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan so‘rovlar, ta’lim muassasasi hududida o‘rganish o‘tkazish, Ilmiy kengash yig‘ilishlariga masalalar olib chiqishga e’tibor qaratishni ta’kidlab o‘tish bilan bir qatorda kamchiliklarni ham sanab o‘tdi.

Institutda boshlang‘ich tashkilot Kengashi tarkibi va yetakchisini saylash uchun yoshlaridan Energetika va radioelektronika fakulteti 4-bosqich 401-19 guruhi talabasi Majidov Omadbek Ergash o‘g‘li, Sanoat texnologiyalari fakulteti 3-bosqich 311-20-guruhi talabasi Do‘stonova Dilshoda Akbarali qizi, Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 812-20 guruhi talabasi Raxmonov Sirojiddin Farxod o‘g‘li nomzodi taklif etildi hamda delegatlar tomonidan saylandi.

 Shundan so‘ng boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga nomzodlar Majidov Omadbek Ergash o‘g‘li, Do‘stonova Dilshoda Akbarali qizi, Raxmonov Sarvar Farxod o‘g‘lilar o‘z saylov oldi dasturlari bilan tanishtirib o‘tishdi. Delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li orqali nomzodlar ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovozni qo‘lga kiritgan Majidov Omadbek Ergash o‘g‘li boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga saylandi.

Institutda boshlang‘ich tashkilot faoliyatining 2020-2023 yillardagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Majidov Omadbek Ergash o‘g‘li axborot berib o‘tdi. Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining 2022-2023 o‘quv yilidagi ustuvor masalalari ovozga qo‘yilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.