...

20 Avg

Texnikumlar bitiruvchilari bilan suhbat davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5812-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi №17-sonli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom etirish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, institutning 60710400 – “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga texnikumlardan ariza topshirgan bitiruvchilar bilan qabul komissiyasi tomonidan suhbat o‘tkazilayotgani haqida maʼlumot bergan edik.

Ushbu kunlarda institutning qator bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga texnikumlardan ariza topshirgan bitiruvchilar bilan suhbat qizg‘in tarzda davom etmoqda.