...

19 Iyn

Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Bosh konsuli Jizzaxga tashrif buyurdi.

Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Bosh konsuli Xasenov Kanat Abdikarimovich boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Jizzax viloyatiga keldi. Tashrif davomida bosh konsul K. Xasenov Jizzaxdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi bosh konsuli K. Xasenov hamda Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov bilan samimiy suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat davomida Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida so‘z bordi. Shuningdek, institutimiz rektori Qozog‘iston Respublikasidan kelib Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan talabalar, ularga yaratilgan sharoilar haqida atroflicha to’xtaldi.

Mehmonlar samimiy muloqotdan so’ng, taʼlim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlarga yuksak muvaffaqiyatlar tilab, doʻstona qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar.