...

04 Okt

JizPI professor-o'qituvchilari «Fizika - 2022» II xalqaro forumida

Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan davlat universitetlari hamkorligida “Farg‘ona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari” muhokamasiga bag‘ishlangan “Fizika-2022” ikkinchi xalqaro forumi Namangan shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Forum dasturida jahonning yetakchi ilmiy markazlari, jumladan Rossiya, Malayziya, Bolgariya, Qirg‘iziston, Chexiya va O‘zbekiston olimlarining 28 dan ortiq ma’ruzalari o‘rin olgan.

Forumda akademiklar, professorlar, fizika fani bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondasi ishtirok etmoqda.

Ushbu forumda Jizzax politexnika institutining Energetika va radioelektronika fakulteti Fizika kafedrasi o‘qituvchilari Mamatkulov Bahodir Xasanovich hamda Mamatkulova Gulnoza Norboyevnalar ham faol ishtirok etmoqdalar.