...

06 Okt

Institutimizda fakultet jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda institutda “Zakovat” intellektual klubi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Jizzax politexnika institutida fakultet jamoalari o‘rtasida “Zakovat “ intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:

  • 1. “Intellekt” jamoasi (Arxitektura va qurilish fakulteti)
  • 2. “Alfraganus” jamoasi (Arxitektura va qurilish fakulteti)
  • 3. “Renessans” jamoasi (Arxitektura va qurilish fakulteti)
  • 4. “Radiochilar” jamoasi (Energetika va radioelektronika fakulteti)
  • 5. “Energetika” jamoasi (Energetika va radioelektronika fakulteti)
  • 6. “Bermund” jamoasi (Servis fakulteti)
  • 7. “Arxitektura” jamoasi (Arxitektura va qurilish fakulteti)
  • 8. “Adolat” jamoasi (Servis fakulteti)
  • 9. “Avtomobilsoz” jamoasi (Tranport fakulteti)
  • 10. “Transportchilar” jamoasi (Tranport fakulteti)

O‘tkazilgan “Zakovat“ intellektual o‘yinida Arxitektura va qurilish fakultetining “Alfraganus” jamoasi I o‘rin, Servis fakultetining “Bermund” hamda “Adolat” jamoalari II o‘rin, Tranport fakultetining “Avtomabilsoz” hamda Arxitektura va qurilish fakultetining “Renessans” jamoalari III o‘rinlarni egalladilar.

“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun institutda doimiy ravishda turnir o‘yinlari tashkil etib boriladi.