...

08 Okt

JizPI talabalari uchun homiylik asosida 250 dona kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Aytish mumkinki, Yoshlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish masalasi bugungi kunda har qachongidanda dolzarb va ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi.

Jizzax politexnika institutida ham talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘plar tadbirlar va loyihalar muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan institutda ta’lim olayotgan talabalar uchun homiylik asosida 250 dona kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Kitoblar to‘plamidan taniqli shoir Gʻayrat Majidning «Yo‘ldaman, nurli yo‘lda», Ikrom Iskandarovning “Noma’lum nomalarim”, Bahodir Qobulning “Otachiroq”, Xayriddin Sultonning “Navoiy-30”, «Boburiynoma», Salim Ashurning “Mangu el” kabi ko‘plab badiiy asarlar o‘rin olgan.

Ushbu kitoblar jamlanmasi talabalar foydalanishlari uchun institutdagi hamda talabalar turar joyidagi kutubxonalarga joylashtiriladi.

Talaba-yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortayotgan bir paytda ular uchun ushbu tashabbus haqiqiy sovg‘a bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.