...

10 Okt

Talabalarimiz ko‘krak nishoni va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Institutimizning 2 nafar talabasi ko‘krak nishoni va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yana bir talabamiz «Islohotlar bilimdoni» respublika ko’rik tanlovining yakuniy final bosqichi ishtirokchisi bo’ldi.

Servis fakulteti 512-20 guruh talabasi Farhodjonova E’zoza “Renessans” ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan “Renessans davri: Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” Xalqaro ilmiy amaliy tanlovida “Banklarning fond bozoridagi faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusi bo‘yicha o‘z maqolasi bilan qatnashib, tantanali ravishda ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kimyoviy texnologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Mullajonova Ziyodabonu «Best Publication» ilmiy tadqiqotlar markazining 2022-yil, 10-avgust kuni 11-sonli buyrugʻiga asosan Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi bo’lib o’tdi. Quvonarlisi ushbu tanlovning final bosqichida Arxitektura va qurilish fakulteti 212-20 MKK guruhi talabasi Tolliboyev Ilyos ham ishtirok etdi, va o’zning takliflarini taqdimot qildi.

💐Talabalarimizni ushbu natijalari bilan samimiy tabriklab, keyingi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!