...

15 Okt

Talabalar turar joyida institut psixologi tomonidan davra suhbati о‘tkazildi.

Talabalar bilan psixologik-psixoprafilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida institut talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar bilan “Talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish” mavzusida institut psixologi Orifjon Rajabov tomonidan davra suhbati о‘tkazildi. Tadbirda “Kimyoviy texnologiyalar” fakulteti хotin-qizlar masalalari bо‘yicha dekan maslahatchisi Feruza Karimova hamda “Energetika va radioelektronika” fakulteti хotin-qizlar masalalari bо‘yicha dekan maslahatchisi Nargiza Ibragimovalar ham faol ishtirok etishdi. Davra suhbati yakunida talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, zo‘rovonlik-tazyiq va ahloqiy masalalar yuzasidan psixologik sо‘rovnoma ham о‘tkazildi.