...

21 Okt

JizPI oʼqituvchisi “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibi bo'ldi.

Jizzax politexnika institutining yana bir oʼqituvchisi “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktyabrdagi 786-son qarori bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.

Joriy yil respublika miqyosida 419 ta loyihalar ko’rib chiqilgan bo’lib, yakunida Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSdan 1 nafar nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni g’olibi deb topildi.

G’o’liblar orasida Jizzax politexnika instituti «Sanoat texnologiyalari» fakulteti oʼqituvchisi Sadikov Farxod Samandarovich ham bor.

“InnoWeek – 2022” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ko’krak nishoni sovrindorlariga koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

P.S.: Oldin ham institutimiz o’qituvchi  va talabalari  mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan edi.

 

🏆 “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonining 2022-yilgi gʻoliblari:

🏅 Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich.
🏅 Andijon viloyati – Baymirzayev Akbarjon Rustamjan o‘g‘li.
🏅 Buxoro viloyati – Muxammedova Madinabonu Olim qizi.
🏅 Jizzax viloyati – Sadikov Farxod Samandarovich.
🏅 Navoiy viloyati – Axmatov Abdumalik Abduvaxob o‘g‘li.
🏅 Namangan viloyati – Turdialiyev Ulug‘bek Valijon o‘g‘li.
🏅 Qashqadaryo viloyati – Ismailov Ibrat Ilxomovich.
🏅 Samarqand viloyati – Olimjonova Saodat Gʻulomjon qizi.
🏅 Sirdaryo viloyati – Kasimov Shodibek Islamovich.
🏅 Surxondaryo viloyati – Xolnazarov Baxodir Azamovich.
🏅 Toshkent viloyati – Nutfullaev G‘afur Subxonovich.
🏅 Fargʻona viloyati – Uzbekov Mirsoli Odiljanovich.
🏅 Xorazm viloyati – Xamrayev Nurbek Ulug‘bekovich.
🏅 Toshkent shahri – Musaxonov Zayniddinxon Muxtorxonovich.
🏅MISiS – Temerbekova Barnoxon
Maratovna.