E'lonlar

">

“Kitobxon-savodxon” intellektual o’yini — “Energetika va radioelektronika” fakulteti

“Kitobxon-savodxon” intellektual o’yini — “Energetika va radioelektronika” fakulteti

Joriy yil 24-oktabr kuni Jizzax politexnika instituti “Energetika va radioelektronika” fakulteti tamonidan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida talaba-yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida “Kitobxon-savodxon” intellektual o’yinlariga start berildi. Tadbirni fakultet dekani U.Yarlakabov kirish so’zi bilan ochib berdi. Uch kunga rejalashtirilgan “Zukko kitobxon” tanlovi birinchi kun ya'ni 24-oktabr kuni 1-kurs talabalari ishtirokida, ikkinchi kun ya'ni 25-oktabr kuni 2-kurs talabalari ishtirokida, uchinchi kun ya'ni 26-oktabr kuni 3-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Fakultet dekani o'z so’zida O’zbekistonda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda qilinayotgan ishlar to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi. Bundan tashqari institutda va fakultetda qilinayotgan ishlar to’g’risida alohida to’xtalib o’tdi. Fakultet talabalariga yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlarga, institutda va fakultetda qilinayotgan ishlarga befarq bo’lib qolmasdan, ular ham faol ishtirok etishlari zarur ekanligini ta'kidlab o’tdi. Shundan so’ng tadbirda ishtirok etayotgan barcha guruh talabalariga omad tilab, “Kitobxon-savodxon” intellektual o’yinlariga start berdi. O’yin shartiga ko’ra barcha guruh talabalariga tayyorlanishi kerak bo’lgan 10 ta asardan savollar tuzilib, tuzilgan savollardan jamoalarga 15 ta savol berilib, har bitta savolga 1-minut vaqt ajratildi. Berilgan har bir savolga jamoa talabalari tamonidan qizg’in bahs-munozaralarga ostida javoblar berildi. Yakunda ochkolari teng bo’lib qolgan jamoalarga qo’shimcha savollar berish orqali g’oliblar aniqlandi. 1-kun natijalarga ko’ra: 1-kurs talaba-yoshlar o‘rtasida: I darajali diplom bilan Fantaziya jamoasi (441-22 E guruhi talabalari), II darajali diplom bilan Everest jamoasi (452-22 TJ va IChA va B guruhi talabalari), III darajali diplom bilan Aloqachilar jamoasi (431-22 RQ va T guruhi talabalari) taqdirlandi. Tadbir yakunida g’olib bo’lgan guruh talabalari so’zga chiqib, bu ko’rinishdagi tadbirlarning sonini ko’paytirishni, tadbir esa ko’tarinki ruhda o’tkazilganligini ta'kidlashib tashkilotchilarga o’z minaddorchiliklarini bildirib o’tishdi. Shundan so’ng fakultet dekani U.Yarlakabov tadbirga yaqindan yordam bergan institutning Ma’naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlariga, fakultet tyutorlariga, institut matbuot kotibiga va fakultet talaba-yoshlariga o’z minatdorchiligini bildirib o’tdi. Fakultet dekani tamonidan kitobxonlikni yanada targ'ibot qilish maqsadida tanlov yakunida g’olib bo‘lgan talaba-yoshlarga kurslar kesimida kitoblar sovg'a qilinishi ta'kidlab o‘tildi. 2-kun natijalarga ko’ra: 2-kurs talaba-yoshlar o‘rtasida: I darajali diplom bilan Everest 1 jamoasi (452-21 TJ va IChA va B guruhi talabalari), II darajali diplom bilan Radiochi jamoasi (431-21 RQ va T guruhi talabalari), III darajali diplom bilan Zukko jamoasi (421-21 E va A guruhi talabalari) taqdirlandi. Tadbir yakunida g’olib bo’lgan guruh talabalari so’zga chiqib, bu ko’rinishdagi tadbirlarning sonini ko’paytirishni, tadbir esa ko’tarinki ruhda o’tkazilganligini alohida ta'kidlashib tashkilotchilarga o’z minaddorchiliklarini bildirib o’tishdi.  

TASHKILOT

Jizzax Politexnika instituti axbarot texnologiyalar markazi.

  • dgpi_info@edu.uz
  • 0(372) 2264605
  • JIZZAX SHAXRI ISLOM KARIMOV SHOX KO’CHASI 4 UY

Ulashish