...

27 Okt

“Yashil makon” umummilliy loyihasi JizPI akademik litseyida

Joriy yil 11-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

 

Yig‘ilishda o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha 40 kunlik ishlar eʼlon qilindi.

Shunga muvofiq, 20-oktyabr kunidan mamlakatimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbiri boshlandi.

Videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti jamoasi, xususan institutning akademik litseyi jamoasi ham respublika bо‘yicha о‘tkazilayotgan ana shunday xayrli tadbirga о‘z hissasini munosib tarzda qо‘shib kelmoqda.

Akademik litsey rahbariyati boshchiligida litsey binosining old tomoniga kashtan va sosna ko’chatlari, litseyning bog’iga esa mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.