...

27 Okt

“O'zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasining 30 yillik yubileyi” tadbiri tashkil etildi.

Jizzax politexnika institutning “Qurilish materiallari muhandisligi”, “Arxitektura va qurilish” hamda “Servis” fakultetlari tomonidan “O’zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasining 30 yillik yubileyi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasining Jizzax viloyatidagi filiali direktori Janna Tangirqulova, Sh.Rashidov nomli 21-maktab o’quvchisi Zuxra Isoqova, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi B.Rashidova, “Qurilish materiallari muhandisligi”, “Arxitektura va qurilish” hamda “Servis” fakultetlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, fakultet tyutorlari va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mamlakatimizdagi yoshlarga bo‘lgan e’tibor haqida alohida to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlarga institutimiz jamoasining bu tadbirni intizorlik bilan kutganliklari alohida ta’kidlab o’tildi.

—  «Hozirgi kunda O‘zbekistonda ilgari yashagan va hozirgi kunda istiqomat qiluvchi taniqli koreys arboblari haqida kitoblar va ma’lumotnomalar, “Ariran” ijodiy uyushmasi va Cho Men Xi nomli adabiyot klubi tomonidan koreys yozuvchilari va shoirlarining to‘plamlari nashr qilinadi. Assotsiatsiyaning Yoshlar markazi “Vatandoshlar Network” anjumani, koreys an’analari bo‘yicha seminarlar o‘tkazmoqda, markaz faollari xalq bayramlari, xayriya tadbirlarida muntazam ishtirok etmoqdalar. Mamlakatning turli hududlarida “Koryo”, “Kotbonari”, “Samdiyon”, “Syadal” raqs ansambllarining konsertlari san’atsevarlar qalbini rom qilgan.

Assotsiatsiya ishida yoshlarning faol ishtirok etishi — o‘zbek diyorida salkam 80 yildan beri yashab kelayotgan koreys diasporasi farovon hayotining yorqin dalilidir. O‘zbekistonlik koreyslar hayoti “Koryo sinmun” gazetasi va O‘zbekiston televideniyesida “Chinsen” va “Yagona oilada” teleko‘rsatuvlari orqali yoritib boriladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir necha koreyslar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar. Ular qatorida Vera Pak (O‘zbekiston Qahramoni) kabi mashhur vatandoshlarimiz nomlarini sanash mumkin.» – dedi O’zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasining Jizzax viloyatidagi filiali direktori Janna Tangirqulova.

Shuningdek, tadbir davomida navbat badiiy qismga berildi. Badiiy qismda iqtidorli talaba-yoshlar ijrosida she’rlar tinglandi. Tadbir barcha yoshlar uchun qiziqarli kechaga aylanib, ular turli ashula va raqslarni, she’rlarni ijro etib, barchaga birdek ko’tarinki kayfiyat ulashdi.