...

30 Okt

Samarali tadbirkorlik ta'lim dasturlarini tayyorlash uchun universitet vakillarini o'qitish

Institutimizning professor o’qituvchilari A.Berdiyorov, J.Abdunazarov, Y.Ortiqov hamda O.Arzikulovlar Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining TRIGGER loyihasi doirasida Avstriya davlatining poytaxti Vena shahrida joylashgan Biznes moliya institutida (BFI) «Samarali tadbirkorlik ta’lim dasturlarini tayyorlash uchun universitet vakillarini o’qitish» mavzusi bo’yicha 2022-yilning 19-sentabrdan 30-sentabrga qadar loyiha dasturi doirasida bo’lib o’tayotgan seminar treningda ishtirok etmoqdalar.