...

30 Okt

Jizzax politexnika institutining 30 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutining 30 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlari doirasida joriy yilning 28-oktabr sanasida «Ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolarining innovatsion yechimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xalqaro anjumanda 40 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari o’zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashishdi. Jumladan, Rossiyaning Moskva davlat qurilish universiteti, Tyumen industrial universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti, Turkiyaning Maltepe universiteti, Hindistonning Sambhram universiteti va boshqa dunyoning “TOP-1000”taligidan oʻrin olgan oliy ta’lim muassasalari vakillar o’z imiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.

Dastlab soat 09:30 mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar hamda ishlab chiqarish vakillari ro‘yxatdan o‘kazilib, maxsus sovg‘alar taqdim etildi.

 

Xalqaro ilmiy-texnik anjuman soat 10:00 da o‘z ishini boshladi.

          Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni institutning 30 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, ushbu anjumanning barcha ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbir davomida anjuman ishtirokchilari oflayn hamda onlayn tarzda o‘z dasturlari bilan ishtirok etib, institutimizning 30 yillik yubileyi munosabati bilan tabriklarini yo‘lladilar.

Tabrik uchun so‘zga birinchi bo‘lib Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev so‘zga chiqib viloyat hokimi Saliyev Ergash Alibekovichning tabrigini yig‘ilganlarga hamda institut jamoasiga yetkazdi.

Navbat bilan tabrik uchun so‘zga Qozon federal universiteti Naberenjnochelninskiy instituti direktori Ganiyev Maxmut Masxutovich, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz, Tojikiston davlat pedagogika universiteti prorektori Vahidov Shodmon Xuseyinovichlar chiqishdi.

Bundan tashqari, shu dasturning o‘zida Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham ishtirok etishdi va institutning 30 yillik yubileyi munosabati bilan o‘z tabriklarini yo‘llashdi.

Anjumanning asosiy qismida Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasining Suv muammolari, gidroenergetika va ekologiya instituti dotsenti Baxriyev Suxbatjon, Xitoyning Nanjing Vocational Institute of Transport Technology oliygohi vakili Chiang Jun, Hindistonning Sambhram universiteti professori Areti Parandhama, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti professori Berdiyar Kalimbetov, Moskva davlat qurilish universiteti dotsenti Kujin Marat Fargatovich, Turkiyaning Maltepe universiteti professori Yavuz Tokmak, Pakistondan vakil sifatida Muhammad Ashraf va Amerikalik ESN vakili Wyendy Coulsonlar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan chiqish qilishdi.

Shuning bilan anjumanning birinchi qismi o‘z yakuniga yetdi.

Shundan so‘ng, Xalqaro ilmiy-texnik anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.