...

29 Okt

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar

Joriy yil 11-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Yig‘ilishda o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha 40 kunlik ishlar eʼlon qilindi.

Shunga muvofiq, 20-oktyabr kunidan mamlakatimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbiri boshlandi.

Videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti jamoasi ham respublika bо‘yicha о‘tkazilayotgan ana shunday xayrli tadbirga о‘z hissasini munosib tarzda qо‘shib kelmoqda.

Institutning rahbariyati, fakultetlar, kafedralar va bo’limlar jamoasi ushbu loyihada faol ishtirok etmoqdalar. Shahrimiz hamda institutimiz hududlarida obodonlashtirish hamda hududlar iqlimiga mos ko’chatlar ekish davom etmoqda.

Ayni kunlarda institutimizning barcha fakultetlari jamoalari tomonidan shahrimizning Sangzor mahallasi hududiga ko’chatlar ekilmoqda.

Quyida keltirilgan fotolavhalarda institutimiz jamoasi tomonidan loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar aks etgan:

  • Energetika va radioelektronika fakulteti:

 

  • Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi:
  • Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti
  • Transport fakulteti:
  • Kimyoviy texnologiya fakulteti:

 

Loyiha doirasidagi boshqa fotolavhalar:

 

Eslatib o’tamiz, bundan oldin “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax politexnika instituti akademik litseyida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilgani haqida xabar bergan edik.