...

07 Noy

Tyutorlar uchun seminar

Jizzax politexnika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar ishtirokida “Talabalar bilan ishlashning samarali usullari” mavzusida semenar bo’lib o’tdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan, O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2021-yil   26-martdagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni bajarish maqsadida “Talabalar bilan ishlashning samarali usullar” mavzusida tyutorlar bilan institut psixologi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori O.Rajabovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Semenarda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, institut psixologi O.Rajabov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda barcha tyutorlar ishtirok etdilar.

 

Dastlab Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan institut tomonidan reja ishlab chiqilganligi va ushbu reja asosida 2022-yil 25-noyabrgacha har hafta dushanba va seshanba kunlari tyutorlar uchun tadbirlar tashkil etilganligini ta’kidladi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan institut psixologi O.Rajabov so‘zga chiqib, talabalar bilan ishlashning samarali usullari xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ma’ruzachi O.Rajabov talabalar bilan ishlashda asosiy e’tibor qaratiladigan jihatlar: talabalarning ruhiyati, ularga pedagogik va psixologik yondashuv usullari haqida gapirdi.

Bundan tashqari institut psixologi talabalar bilan o‘tkazilgan psixologik testlar hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.

O.Rajabov o‘z chiqishi davomida talabalar bilan ishlashda tyutorlar tomonidan qanday psixologik ishlar amalga oshirilishi, bunda qanday mashg‘ulotlar bajarilishi kerakligi xususida ma’lumot berdi.

 

Tadbir davomida institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova ham so‘zga chiqib, tyutorlarning talabalar bilan ishlash jarayonida e’tibor berishi kerak bo‘lgan muhim jihatlari, ular bilan ishlashda zarur bo’ladigan ma’lumot va tavsiyalarini berdi.

Tyutorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda savol-javoblardan so‘ng tadbir yakuniga yetdi.