...

13 Noy

JizPI fakultetlari vakillari nuroniylar holidan xabar olishdi.

  • Qurilish materiallari muhandisligi, Sanoat texnologiyalari hamda Transport fakultetlari vakillari nuroniylar holidan xabar olishdi.

Keksa avlod vakillarini qadrlash, hurmatlash, ularga ehtirom koʻrsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir. Кeksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-son qaroriga asosan, har yili noyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilanganligi xalqimizga xos mehr-oqibat, katta avlodni eʼzozlash, ularning hayot yoʻlini oʻrganish orqali yosh avlodga ibrat maktabini tarannum etuvchi tadbirlar koʻlamini oshirishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 12-noyabr kuni “Qurilish materiallari muhandisligi” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O’.Suyunov, fakultet tyutori S.Bobobekov Toshloq M.F.Y yetakchisi Shaylazimov Shaxzod hamda fakultetning faol talabalari Qurbonboyev Umid va Nurmamatov Muhiddin bilan “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat!” degan bosh gʻoya ostida Toshloq M.F.Y ga qarashli Shifokor ko’chasi 1-uy 15-xonadonda istiqomat qiluvchi 1940- yilda tug‘ilgan, bugungi kunda yolgʻiz qolgan Temirovba Shaxodat aya holidan xabar olindi.

Shu bilan birgalikda Toshloq M.F.Y ga qarashli Sh.Rashidov ko’chasi 73a-uy 2-xonadonda istiqomat qiluvchi 1952-yil tug‘ilgan, hozirgi kunda sharoiti og‘ir Nikalay Salamatin xonadonlariga ham tashrif buyurilib holidan xabar olindi.

Onaxon va otaxon ham davlatimiz tomonidan hamisha eʼtibor berib kelinayotganidan mamnun. Jizzax politexnika instituti vakillarining bugungi tashrifidan ham xonadon sohiblarining boshi koʻkka yetdi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan insonlarni qadrlash, keksalarni eʼzozlash, mehr-oqibat haqidagi sheʼr va qoʻshiqlar yigʻilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi. Onaxon va otaxon institut rahbariyati va talaba-yoshlar tomonidan koʻrsatilgan eʼtibordan koʻzlariga yosh olib, bunday gʻamxoʻrlikdan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etib, mehmonlarni duo qildilar.

___________________________________________________________________

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti dekanati xodimlari va talabalari Jizzax shahar Olmazor mahallasi Komil Yormatоv ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Eshonqulova Nortoji Meliyevnaning holidan xabar olishdi.

Xonadon talabalar tomonidan obodonlashtirilib, hovlidagi mevalar terib berildi. Xonadon egasi institut rahbariyatiga katta minnatdorchilik bildirdi.  

 ___________________________________________________________________

Shuningdek, o’sha kuni «Transport» fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G.Soatova, fakultet tyutori J.Xolmatov, Uchariq MFY raisi N.A’zimov hamda fakultet faol talabalari Uchariq MFY Bodomli ko’chasi, 17-uyda istiqomat qiluvchi 1930-yilda tug’ilgan I guruh nogironi Abdulla Xolmirzayev xonadoniga tashrif buyurishdi.

Bunday tadbirlarni tashkillashtirish yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Jizzax politexnika instituti bunday tadbirlarni nafaqat “Keksalar haftaligi” doirasida, balki yil davomida oʻtkazib boriladi. Uzoq hayot yoʻlini bosib oʻtgan qariyalar holidan xabar olish yosh avlod uchun oʻziga xos ibrat maktabi vazifasini oʻtaydi.