...

12 Noy

"Yil talabasi" Respublika tanlovining OTM bosqichi natijalari

O‘zbekiston Respulikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yil talabasi”  tanlovining OTM bosqichi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 23-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari  talabalari o‘rtasida Yil talabasi Respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  315- sonli buyrug‘i  hamda institut rektorining 2022-yil 26-sentyabrdagi 226 AF sonli buyrug‘i asosida barcha fakultetlarda o‘tkazildi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

 

Tanlov Nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazildi. Ishchi guruh qaroriga ko‘ra, tanlovning institut bosqichi natijalariga asosan ishtirokchi talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni egallashdi

 

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha  eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘ringa Arxitektura va qurilish fakulteti 212-20 MQK guruh talabasi Tolliboyev Ilyos Ilhom oʻgʻli;

2-o‘ringa Arxitektura va qurilish fakulteti 232-18 A guruh talabasi Botirova (Nomozova) Nodira Sherali qizi;

3-o‘ringa  Servis fakulteti  531-20 BHvaA  guruh talabasi Nimatov Iskandar Alisher oʻgʻli munosib deb topildi.                         

“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘ringa Servis fakulteti 541-20 MS va MSM guruh talabasi Maxammatov Shaxzod Shokirjon o‘g‘li;

2-o‘ringa Transport fakulteti 111-19 TIE guruh talabasi Omonov Javohir Sodiq o‘g‘li;

3-o‘ringa Kimyoviy texnologiya fakulteti 703-21 KT guruh talabasi Azizova Safina Isroiljon qizi munosib deb topildi.  

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘ringa Sanoat texnologiyalari fakulteti 322-20 OOT guruh talabasi Mamatqulov Bobir Ulug‘bek o‘g‘li;

2-o‘ringa Kimyoviy texnologiya fakulteti 701-19 KT guruh talabasi Mullajonova Ziyodabonu Sayfulla qizi;

3-o‘ringa Transport fakulteti 101-20 TVM guruh talabasi Abduxamitova Dilxumora Odil qizi munosib deb topildi.

“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1- o‘ringa Servis fakulteti 512-20 M guruh talabasi  Farxodjonova E’zoza Nodir qizi;

2 –o‘ringa Energetika va radioelektronika fakulteti 401-20 EE guruh talabasi Abilfayziev Suxrobjon Salohiddin o‘g‘li;

3- o‘ringa Servis fakulteti 511-20 M guruh talabasi Mamatqulova Muqaddas Sindorqul qizi munosib deb topildi.

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘ringa Arxitektura va qurilish fakulteti 231-20 A guruh talabasi Nabiyeva Dilbarxon Murodjon qizi;

2-o‘ringa  Arxitektura va qurilish fakulteti 231-21 A guruh talabasi Sangilova Maftuna Hamid o‘g‘li;

3-o‘ringa  Arxitektura va qurilish fakulteti 232-21 A guruhi talabasi Abdullayeva Surayyo  Zoir qizi munosib deb topildi.

“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘ringa Energetika va radioelektronika fakulteti 451-20 TJ va ICh talabasi Akramova Madinabonu Akmal qizi;

2-o‘ringa Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti 822-19 QMM guruh talabasi Istamov Yusuf Boxodirovich;

3-o‘ringa Transport fakulteti 122-19 AY va A  guruh talabasi Irisqulova Kamola Normat qizi munosib deb topildi.

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘ringa Qurilish materiallari muhandisligi  801-20 QMB va Kich guruh talabasi Tojiboeva Nozima Yorqin qizi;

2-o‘ringa Arxitektura va qurilish fakulteti 212-21 MKQ guruh talabasi Nomozova Munira Orif qizi;

3- o‘ringa Energetika va radioelektronika fakulteti, 410-20 EE guruh talabasi Orifova Mukarram Karimjon qizi munosib deb topildi.

 

Tegishli nominatsiyalar bo‘yicha birinchi o’rinni olgan g’oliblarning hujjatlar yig‘ma jildi belgilangan tartibda “Yil talabasi” tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etishi uchun yuboriladi.