...

16 Noy

Janubiy Koreyaning “Ajou Motor College” vakillari JizPIga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 16-noyabr sanasida Jizzax politexnika institutiga Janubiy Koreyaning “Ajou Motor College”idan ushbu kollejning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha dekan o‘rinbosari Prof. Kwonse Kim va Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi PhD. Shin Jun Yong tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif doirasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama kelajakdagi hamkorlik aloqalari kelishib olindi. Suhbat yakunida tomonlar sovg’alar almashdilar.

Tashrif davomida mehmonlar institutning moddiy-texnik bazasi hamda kampus hududidagi obyektlarda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng, tashrif rejasiga asosan mehmonlar bilan Jizzax ADM avtomobil zavodiga sayohat uyushtirildi. Tashrif so‘ngida tomonlar keyingi qilinadigan masalalar to‘g‘risida kelishib olishdi va mehmonlar iliq taasurotlar bilan kuzatildi.