...

18 Noy

JizPIda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Arxitektura va qurilish fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Arxitektura va qurilish fakulteti tyutorlari tomonidan «Muqaddasdir Vatan bayrog‘i» mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbirda fakultet dekani A.Berdiqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi R.Abrorova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini S.Azimova, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Fakultet dekani A.Berdiqulov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir qatnashuvchilarini tabrikladi. U so‘zi davomida, Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlanganligi, qabul qilinish jarayonlari haqida gapirdi. Shundan so’ng, Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori B.Inatov so‘zga chiqdi va bayroqdagi ranglarni ta’riflab berdi. Fakultet tyutori K.Fayzullayeva milliy ramzlar or-nomus, shon-sharaf sanalishi haqida tushuncha berdi. Navbatda fakultetning 212-20 guruhi talabasi Tolliboyev Ilyos so‘zga chiqib, bayroqning tarixiy ahamiyati, uning xalqaro e’tirofi haqida so‘zladi. Tadbir qizg‘in badiiy qism bilan yakunlandi.