...

17 Noy

Sanoat texnologiyalari fakultetida QVZ jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida QVZ jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov so‘zga chiqdi. Rektor barcha talabalarni Xalqaro talabalar kuni bilan tabriklab, har doim ijobiy to‘lqinda bo‘lishlarini, doimo yangi muvaffaqiyatlar sari intilishlarini, hech qachon imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermasliklarini tiladi.
“Talabalik hayoti – bu qiyin sinovlar, imtihonlar, uyqusiz tunlar va qiziqarli vaqtdir, Siz, aziz talabalar, bilim olib, sevimli kasbingizni puxta egallab, yuksak maqsad va istaklaringizni ro‘yobga chiqarishingizni tilab qolaman!”, -dedi rektor talabalarga.

Shundan so’ng fakultetning iqtidorli talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Talabalarga rektor qo’lidan diplom olish baxti nasib qildi.

Navbatda fakultetning “Lider” nomli QVZ jamoasining kansert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturi juda ham ajoyib bo’lib, milliy raqslar va institutimiz iqtidorli talabalarining qo’shiqlari tadbirga o’zgacha kayfiyat ulashdi. «Lider» jamoasi o’zining samimiy hazillari orqali barchaning qalbidan munosib o’rin oldi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Konsert dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.