...

15 Noy

Ichki ishlar xodimlarining talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jizzax politexnika institutida «Talaba-yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatchilik holatlari va ularning oldini olish» mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovinlari, institut profilaktika inspektori mayor F. Normatov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xolbekova kirish so’zi bilan ochib, bugungi kun tartibidagi masalalar bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib o’tdi.

Jizzax shahar Jizzax viloyati 1-sonli IIB boshlig’i Dilshod Mamatqulov o’z so’zida talabalarni ochiq muloqotga chaqirdi va talaba-yoshlar, ayniqsa ijarada yashovchi talabalar doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlab o’tdi. Ularning ijtimoiy maishiy ahvoli, xonadon holati va uy egalari shaxsi, ta’lim muassasasiga qatnashi hamda turli salbiy g’oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun zarur chora-tadbirlar belgilanishi kerakligi yuzasidan fikrlar bildirdi. Yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda talabalar Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, yetuk mutaxassis bo’lib yetishishi, Vatan oldida, qolaversa, ota-ona oldidagi farzandlik burchini bajarishlari kerakligi xususida, viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to’xtaldi.

Navbatda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova so’ga chiqdi va o’z so’zida talaba-yoshlarga bir qancha ma’lumotlar keltirib o’tdi.

Tadbir savol-javoblar bilan davom etdi. Ma’ruzachilar tomonidan savollarga yetarlicha javob berildi.