...

15 Noy

JizPIda “Ichki ishlar xodimi va tyutor” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirmi Jizzax politexnika institutining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan institut tomonidan reja ishlab chiqilganligi va ushbu reja asosida bugun ichki ishlar xodimlari bilan tadbir tashkil etilganligini ta’kidladi.

Navbatda Jizzax viloyati 1-sonli IIB boshlig‘i Mamatqulov Dilshod so‘zga chiqib, Hurmatli tyutorlar, sizlar albatta talabalarning ta’lim va tarbiyasiga ma’sul pedagogsizlar. Talabalaringizning bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullanayotganligini aniqlang. Talabalarning ayrimlari bilib-bilmay jinoyat ishtirokchilari bo‘lib qolishi mumkin. Bugungi kunda nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar tomonidan ham turli xildagi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga ko’maklashishlari lozim ekanligin ta’kidlab o’tdi.

Tadbir savol-javoblar bilan davom etdi. Ma’ruzachi tomonidan savollarga yetarlicha javob berildi.

Tyutorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda savol-javoblardan so‘ng tadbir yakuniga yetdi.