...

09 Noy

TYUTORLAR UCHUN NAVBATDAGI SEMINAR

Jizzax politexnika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar ishtirokida “Talabalar bilan ishlashning samarali usullari” mavzusida semenar bo’lib o’tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2022-yil 19-oktabrdagi 1/03-153 sonli xatiga asosan, O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2021-yil   26-martdagi “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarorida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni bajarish maqsadida “Buyuk kelajagimizning bunyodkorlarini tarbiyalaymiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Turatov hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Dastlab Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masala yuzasidan institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova so‘zga chiqib, tyutorlarni talabalar bilan ishlash jarayonida e’tibor berishi kerak bo‘lgan muhim jihatlarga e’tiborni qaratishni aytdi.

S.Eshbekova o‘z so‘zi davomida talabalar bilan ishlashda mas’uliyatsizlik va sustkashlik bilan yondoshadigan tyutorlarni mas’uliyatini oshirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Tyutorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda savol-javoblardan so‘ng tadbir yakuniga yetdi.