...

25 Noy

Jizzax politexnika instituti jamoasi koʻchat ekish marafonida faol ishtirok etdi.

Avval xabar qilinganidek, bugun respublikamizning 14 ta oliy taʼlim muassasasida soat 11:00 dan boshlab “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish marafoni boʻlib oʻtdi.

Unda qoʻshimcha jami 10 500 ta koʻchat ekish reja qilingan. Loyiha doirasida 1-dekabrga qadar hududlarni koʻkalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida jami 1 million 70 mingta koʻchat ekish reja qilingan boʻlib, bugungi kunda barcha oliy va professional taʼlim muassasalarida 1 million 82 ming dona koʻchat ekilib, belgilangan reja oshigʻi bilan bajarildi.

Maʼlumot oʻrnida, marafon tafsilotlari har soat yangiliklarida “Oʻzbekiston 24” telekanalida va “Oʻzbekiston” telekanali orqali esa soat 11:00 dan 12:00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida onlayn efirga uzatib borildi.

Qoraqalpoq davlat universiteti (https://t.me/www_karsu_uz)– 500 ta
Andijon davlat universiteti (https://t.me/adu_uz)– 500 ta
BuxDUning Pedagogika instituti (https://t.me/buxdupi) – 1000 ta
Jizzax politexnika instituti (https://t.me/JizPI_online) – 500 ta
Qarshi irrigatsiya agrotexnoliyalar instituti (https://t.me/tiiamekb_uz) – 1500 ta
Navoiy davlat pedagogika instituti (https://t.me/NavDPI_Rasmiy)– 2000 ta
Namangan davlat universiteti (https://t.me/namdupressklub) – 800 ta
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (https://t.me/samdaqueduuz) – 600 ta
Guliston davlat universiteti (https://t.me/gulduuz) – 400 ta
Termiz davlat universiteti (https://t.me/terdu340) – 500 ta
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy) – 500 ta
Fargʻona politexnika instituti (https://t.me/farpipress)– 500 ta
Urganch davlat universiteti (https://t.me/URDU_PRESSA) – 600 ta
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (https://t.me/tsueuzofficial) – 600 ta

 

Yuqorida qayd etilgaanidek, bugun respublikamizning 14 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan, Jizzax politexnika institutida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish marafoni boʻlib o‘tdi.

Shuni alohida qayd etishimiz kerakki, institut rahbariyati, fakultetlar, kafedralar va bo’limlar jamoasi ushbu loyihada faol ishtirok etmoqdalar. Shahrimiz hamda institutimiz hududlarida obodonlashtirish hamda hududlar iqlimiga mos ko’chatlar ekish davom etmoqda.

Bu haqda bundan oldin ham quyidagi manzillarda ma’lumot bergan edik: (1), (2).