...

25 Noy

Bugungi o‘quv seminarida JizPI jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Jizzaxda Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-ahloq qoidalariga rioya etishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Bugun Jizzax Davlat pedagogika universitetining majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi tomonidan o‘quv seminari o‘tkaziladi.

O‘quv seminarda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari, bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlar, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari va tashkilotlari, tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda yuridik xizmatlarining barcha rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

  • Ushbu seminarda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Jumladan, institut rektori A.Usmankulov, soha prorektorlari, Xodimlar bo’limi boshlig’i B.G’aybullayev, Axborot xizmati rahbari J.Tulakov, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.Ibaydullayev, Yuridik xizmati rahbari D.Ergashevalar ishtirok etdi.

Seminarni viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi O‘ktam Hamrayev Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Davlat fuqarolik xizmatchilarining namunaviy odob-axloq qoidalari, ularni qabul qilish shart-sharoitlari, zarurati va ahamiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarini xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari to‘g‘risida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari Erkin Xalbutayev va viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Said Raximov Jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axlo qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarini oldini olish to‘g‘risida so‘z yuritishdi.